Ushbu to'plam University of Business and Scienceda nodavlat oliy ta`lim muassasasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024- yil 27-dekabrdagi “490”- sonli buyrugʻiga asosan “2025- yilda xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”da belgilangan “Farg'ona vodiysi tarixining dolzarb muammolari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallarini o'zida jamlagan. Unda Farg'ona vodiysi arxeologiyasi, etnologiyasi, o'rta asrlar, Qo'qon xonligi, Rossiya imperiyasi, sovet mustamlakachiligi, O'zbekistonning eng yangi tarixi davri muammolariga oid dolzarb mavzular doirasidagi rang-barang maqolalar keng kitobxonlar ommasi e'tiboriga havola qilingan.
Umuman olganda, ushbu to„plamdan O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, respublikamiz oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, magistrlari, stajyor–tadqiqotchi–izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va tarixchi olimlarning so'nggi ilmiy tadqiqotlari natijalari o'rin olgan. To'plamdan Farg'ona vodiysi tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin.

Published: 2025-06-09