ILMIY MAQOLANGIZNI QAYERGA YUBORAYOTGANIYINGIZNI YAXSHILAB TEKSHIRING!
Posted on 2025-06-16ILMIY MAQOLANGIZNI QAYERGA YUBORAYOTGANIYINGIZNI YAXSHILAB TEKSHIRING!
Bugungi kunda ilmiy maqolalar nashr qilish bilan bog‘liq faoliyatda ko‘plab firibgarlik sxemalari paydo bo‘lmoqda. Bunday loyihalar mualliflarni quyidagi gaplar bilan chalg‘itmoqda:
“12 soatda qabul qilamiz”
“24 soatda nashr bo‘ladi”
“Italiya / Turkiya / Dubay konferensiyasi (Hammasi bir saytda va hammasi bir xil ko'rininshda)”
“DOI beriladi, OAK tan oladi, Scopusga o‘tadi”
“Arzon narxda xalqaro maqola”
Ammo asl holat qanday?
HAQIQIY MUAMMO:
Bir odamga tegishli saytlar orqali turli davlatlar (Turkiya, Hindiston, Italiya, Rossiya, Dubay va h.k.) nomidan konferensiyalar taklif qilinmoqda. Saytlar bir xil shablon, bir xil tizimda ishlaydi.
Bunday konferensiyalarning nashr litsenziyasi, tashkilotchisi, ilmiy hay’ati yo‘q (bo'lsa ham mavjud bo'lmagan shaxslar)
“Jurnal” deb atalgan saytlar esa DOI raqamini yolg‘on qiladi, Crossref, Zenodo bazasida mavjud emas yoki qaysidir xorijiy jurnalni Copy qilib fake saytlar bilan ishlaydi.
Masalan Hindiston jurnallarida mualliflarning 90% o‘zbekistonlik — bu xalqaro emas, mahalliy bozor.
Kuzatishlarimiz natijasida shularni aniqladikki Hindiston yoki Amerika jurnali sifatida ko'rsatilayotgan jurnallarning aksariyati O'zbekistonlik "Tadbirkorlar" tomonidan ma'lum summalarga sotib olingan jurnallardir. Ularning arxivlarini kuzatsangiz deyarli barchasi O'zbek mualliflar va maqolalar ham o'zbekcha qabul qilingan. Bu qanchalik haqiqatga yaqin "JURNAL" deb kishini hayron qoldiradi.
YAXSHI JURNAL VA KONFERENSIYA QANDAY BO‘LADI?
Litsenziyaga ega (yuridik asos bilan ishlaydi)
Rasmiy tahrir hay’ati (editorial board) mavjud
Maqola ko‘rib chiqish jarayoni (peer-review) bor
Jurnal yoki konferensiyaning rasmiy veb-sayti (domeni mustaqil va shaffof)
Quyidagi ma’lumotlar ochiq berilgan bo‘ladi:
ISSN – jurnal uchun issn.org da tekshiring
DOI – har bir maqolaniki crossref.org yoki boshqa DOIlash mumkun bo'lgan saytlarda DOI raqami mavjud bo‘lishi shart
Indeksatsiya – Google Scholar, ResearchGate, Index Copernicus (Bu bazada jurnallar kiritilgan ammo maqola joylashtirilmaydi bu borada ham ahamiyat berish zarur) Scopus, WoS, RSCI (RINTS), OAK va boshqalarda ko‘rsatilganmi? Ba'zi Impact Factor (https://en.wikipedia.org/wiki/Impact_factor)lar esa pulga sotib olinadi va bizni Factorlar yuqori deb maqtanishadi.
Tashkilotchilar – haqiqatdan mavjud tashkilotmi (agarda O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni mavjudligini bilmoqchi bo'lsangiz yuridik shaxs nomini https://orginfo.uz/ sayti orqali tekshiring faqiqatga ishlayotgani yoki tugatilganini real vaqt rejimida ko'rsatadi), professorlarchi?
YODDAN CHIQARMANG:
“Arzon narx, tezkor nashr, xalqaro nom” – bu ilmiy sifat belgisi emas.
Maqolangizni shubhali loyihaga topshirsangiz, u:
hech qayerda tan olinmasligi mumkin
OAK tomonidan rad etilishi mumkin
nomingiz noqonuniy “blacklist”ga tushib qolishi mumkin
NIMA QILISH KERAK?
Jurnal va konferensiyaning rasmiyligini har doim tekshiring
Hujjat so‘rashdan uyalmang: ISSN, nashrga ruxsat litsenziya, tashkilot guvoxnomasi va boshqalar.
Ilmiy rahbaringiz yoki kafedra professori bilan maslahat qiling
O‘zingiz ishonmagan joyga bir so‘m ham to‘lamang! Sizning har bir sarflagan mablag'ingiz osonlik bilan topilmagani aniq. Tez tezis va maqola chiqaraman obro' olaman deb ko'pchilik orasida izza bo'lmang.
ILMIY FAOLIYATINGIZNI ZOYE QILMANG!
Postni do‘stlaringizga, ilmiy guruhlarga ulashing — bir insonni firibgardan asrash ham katta savob!
Biz bilan bog‘laning:
Email: refocusjournal@gmail.com
Tel: +998 94 516 05 50
Telegram: @ReFocus_Admin
RASMIY ILOVALAR:
Telegram kanal: Research Focus
Telegram guruhi: ReFocus Group
Instagram / Facebook
Web-sayt: www.refocus.uz
Ushbu postni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan do‘stlaringiz va guruhlarga ulashing!
@Research_Focus kanaliga OBUNA bo‘ling – biz bilan ilm-fan sari yangi bosqichga qadam qo‘ying!