Mulkchilik va moliyalashtirish

Mulkdor va noshir

“Research Focus” xalqaro ilmiy jurnalining mulkdori va noshiri “Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi” MChJ (STIR 309782477) hisoblanadi. MChJ 2022-yil 9-avgustda №1171253 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 16-avgustda №1701 raqami bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. ISSN 2181-3833 (onlayn).

Manzil: 160700, O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Istiqlol MFY, Terakzor ko‘chasi, 12-uy.

Boshqaruv

Bosh muharrir: Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li. Tahrir hay’atining to‘liq tarkibi “Tahririyat” sahifasida e’lon qilingan.

Moliyalashtirish manbalari

Jurnalning yagona daromad manbai APC sahifasida bayon qilingan maqolani chop etish to‘lovi (APC) hisoblanadi. Jurnal tashqi moliyalashtirish olmaydi va pullik reklama joylashtirmaydi.

Tahririy mustaqillik

Mulkdor tahririy qarorlarga aralashmaydi. Qo‘lyozmalar bo‘yicha qarorlarni muharrirlar taqriz natijalariga asoslanib qabul qiladi, APC to‘lovi esa bu qarorlarga ta’sir qilmaydi.