O‘ZBEK TILIDAGI FE’LLARDA YO‘QOLISH MA’NOSINI IFODALASHNING SEMANTIK PRAGMATIK XUSUSIYATLARI.

Maqolaning asosiy mazmuni

Ma’muraxon Otaxonova

Abstrak

Ushbu maqola tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri fe’l semantikasiga bag‘ishlangan va fe’l semantikasi tadqiqi yuzasidan bajarilgan ishlar tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Ularning ushbu mavzuga bog‘liq jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi eng murakkab va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan fe’l so‘z turkumining muhim qirrasiga e’tibor qaratilgan, fe’l semantikasiga boshqa rakursdan qarash nazarda tutilgan. Sistem-struktur va kognitiv tilshunoslikda fe’l so‘z turkumi, fe’l semantikasi tadqiqida yangi jihat o‘rganilgan. Fe’l so‘z turkumining semantik tadqiqi, fe’llarni mavjudlik semasiga ko‘ra tasniflash va kontekstual analiz qilish maqsad qilib olingan. Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi mavjud emaslik(yo‘qolish) ma’nosini ifodalovchi fe’llarning qo‘llanilish imkoniyatlari yoritiladi va fe’llar mavjudlik xususiyatiga ko‘ra tasniflanadi. Tezkor rivojlanishlar davrida o‘zbek adabiy tili fe’llari imkoniyatlarining yana bir muhim qirrasiga e’tibor qaratiladi.

Maqola tafsilotlari

Bo'lim

Maqolalar

Qanday iqtibos keltirish kerak

O‘ZBEK TILIDAGI FE’LLARDA YO‘QOLISH MA’NOSINI IFODALASHNING SEMANTIK PRAGMATIK XUSUSIYATLARI. (2023). Research Focus International Scientific Journal, 2(2), 206-209. https://doi.org/10.66073/researchfocus.v2i2.2775

Adabiyotlar

Нурмонов А., Шаҳобиддинова Ш., Искандарова Ш., Набиева Д. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси, Т.; 2001.

Расулов Р. Ўзбек тилидаги ҳолат феълларининг облигатор валентликлари. Т., Фан, 1989.

Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. Жиззах, “Сангзор” нашриёти, 2006.

Собиров А. Ўзбек тилининг лексик сатҳини система сифатида тадқиқ этиш. ф.ф.д. дисс. автореферати., Т.:2005.

Шарипова Ў. Ўзбек тилидаги юмуш феълларининг маъно валентликлари. ф.ф.н. дисс. автореф.1996.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I-II том Т.:ЎзМЭ, 2007.

Плотникова А.М. Когнитивное моделирование семантики глагола. УГУ, 2009, elar.urfu.ru>bitstream

А.Орипов, Талош палласи. Т., Маънавият, 2007 й.

И.Мирзо, Мени эслайсанми, шеърлар. Т., Ғ.Ғулом, 2000 й.

Ў.Ҳошимов , Танланган асарлар, I том.