BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA QADDI-QOMAT HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR BO‘YICHA O‘TKAZILGAN SO‘ROVNOMA NATIJALARI TAHLILI
Maqolaning asosiy mazmuni
Abstrak
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qaddi-qomat holati va unga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida 40 nafar respondent ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, jismoniy faollik darajasi, gigiyenik odatlari hamda o‘quv jarayonidagi holati tahlil qilindi. Olingan natijalar o‘quvchilar orasida kamharakatlilik, noto‘g‘ri o‘tirish odatlari, og‘ir maktab sumkasi, mos bo‘lmagan o‘quv mebellari hamda jismoniy faollikning yetarli emasligi kabi omillar qaddi-qomat buzilishlariga ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda tez charchash, bel va orqa mushaklarida og‘riq kabi belgilar aniqlangan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllantirish va profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ilmiy asosda ko‘rsatadi.
Maqola tafsilotlari
Bo'lim
13.00.00 – Pedagogika fanlari

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish kerak
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA QADDI-QOMAT HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR BO‘YICHA O‘TKAZILGAN SO‘ROVNOMA NATIJALARI TAHLILI. (2026). Research Focus International Scientific Journal, 5(4), 120-125. https://doi.org/10.66073/researchfocus.v5i4.2314
Adabiyotlar
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar. – Toshkent, 2020.
World Health Organization. Guidelines on Physical Activity and Sedentary Behaviour. – Geneva, 2020.
V.A. Slastenin. Pedagogika. – Moskva: Akademiya, 2013.
L.P. Matveyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Moskva, 2008.
Pediatriya bo‘yicha darslik. Bolalar organizmining rivojlanishi va gigiyenasi. – Toshkent 2019.