"QUSHNOMALAR" GENEZESI

Main Article Content

Halimova Shahlo To'lqin qizi

Abstract

Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari, she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi, Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning ““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.

Article Details

How to Cite
Halimova Shahlo To’lqin qizi. (2024). "QUSHNOMALAR" GENEZESI. Research Focus International Scientific Journal, 3(1), 93–97. Retrieved from https://refocus.uz/index.php/1/article/view/693
Section
10.00.00 – Philology sciences

References

Ibn Sino. Tayr qissasi. A.Irisqulov tarjmasi. “O‘zbek adabiyoti” Beshinchi tom, ikkinchi kitob. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.

Mamadaliyeva Z. Ibn Sino va Gʻazzoliy: anʼana va oʻziga xoslik .“Sharq yulduzi” jurnali, 2015 – 1.

Abu Homid G‘azzoliy. “Risolat ut-tayr”. R.Hakimjonova tarjimasi. “Sharq yulduzi” jurnali, 2015 – 1.

Farudiddin Attor. Mantiq ut-tayr. – Т.: Yangi asr avlodi, 2021.

Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. To‘la asarlar to‘plami 10 jildlik, 9-jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.

Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy. Qush tili. – Т.: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, 2009.

Hasanova Sh. “To‘tinoma” tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tahlili. Monografiya. – T.: Mumtoz so’z, 2015.

Allamurotova Dilfuza. «Mantiq ut-tayr» va «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy tahlili. BMI. Samarqand, 2013.