TORAKOABDOMINAL JAROHATLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH TAKTIKASIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Main Article Content

Jurayeva Z.A
Mustafakulov I.B
Norov M.Ch.

Abstract

Torakoabdominal jarohatlar – bu ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining birgalikdagi shikastlanishi bo‘lib, bunda diafragma va diafragmaoldi a’zolari zararlanadi. Ushbu jarohatlar og‘ir klinik kechishi, diagnostik xatolar uchrashining yuqoriligi va o‘lim ko‘rsatkichining balandligi (ayrim turdagi shikastlanishlarda 90% gacha yetishi) bilan tavsiflanadi. Asosiy muammo operatsiyadan oldingi diagnostikaning samaradorligi pastligidadir: an’anaviy vizualizatsiya usullarining sezgirligi yetarli emas, bu esa diafragma nuqsonlarini kech aniqlashga va og‘ir asoratlar, jumladan, qisilgan diafragma churralari rivojlanishiga olib keladi. Xirurgik taktikada yagona yondashuv mavjud emas, aralashuv usulini tanlash esa ko‘pincha xirurgning subyektiv tajribasiga asoslanadi, bu taktik xatolar xavfini oshiradi. Zamonaviy tadqiqotlar xirurgik kirish yo‘lini oqilona tanlash va kam invaziv texnologiyalar – laparoskopiya va torakoskopiyani kengroq qo‘llash muhimligini ta’kidlamoqda. Ushbu usullar yuqori diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida davolash amaliyotlarini bajarish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish, klinikalarni jihozlash va kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu esa endovizual texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish uchun zamin yaratadi. Mualliflar diagnostika va davolashning unifikatsiyalashgan (yagona) algoritmlarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydilar, bu asoratlar chastotasini kamaytirish va torakoabdominal jarohatlangan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi.

Article Details

How to Cite
Jurayeva Z.A, Mustafakulov I.B, & Norov M.Ch. (2026). TORAKOABDOMINAL JAROHATLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH TAKTIKASIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Research Focus International Scientific Journal, 5(2), 208–212. Retrieved from https://refocus.uz/index.php/1/article/view/2058
Section
14.00.00 – Medical sciences

References

Abakumov M. M. Mnozhestvennye i sochetannye raneniya shei, grudi, zhivota. M.: BINOM. Press, 2013. 688 s.

Abakumov M.M. Khirurgiya sochetannykh raneniy grudi i zhivota: 30-letniy opyt //Tuberkulez i bolezni legkikh. 2010. T. 87, No 11. S. 17-23.

Agalaryan A.Kh. Osobennosti diagnostiki i khirurgicheskogo lecheniya povrezhdeniy diafragmy u postradavshikh s politravmoy. Politravma. 2015;1;29-35.

Altyev B.K., Shukurov B.I., Kuchkarov O.O. Vybor taktiki khirurgicheskogo lecheniya torakoabdominal'nykh raneniy //Vestnik neotlozhnoy i vosstanovitel'noy khirurgii. 2016. T. 1, No 1. S. 18-25.

Amarantov D.G., Zarivchatskiy M.F., Kholodar' A.A. Sovremennye podkhody k operativnomu lecheniyu torakoabdominal'nykh raneniy// Vestnik khirurgii im. I.I.Grekova. — 2018. — T. 177, No 5. — S. 100- 104.

Ashimov Zh.I., Tuybaev E.Z., Abdykalykov K.O. Kachestvo mediko-khirurgicheskoy pomoshchi pri torakoabdominal'nykh raneniyakh //V mire nauchnykh otkrytiy. 2017. T. 9, No 2-2. S. 58-72.

Benyan A.S. Uspeshnoe lechenie postradavshego s mnozhestvennymi perelomami reber i razryvom diafragmy s ispol'zovaniem maloinvazivnykh tekhnologiy. Khirurgicheskayapraktika. 2015;(1):50-52.

Voenno-polevaya khirurgiya: uchebnik. – 2-e izd., pererab. dop. / pod red. E.K. Gumanenko. – M.: GEOTAR-Media, 2015. – 768s.

Galyatina E.A., Agalaryan A.Kh., Sherman S.V. Diagnostika i lechenie povrezhdeniya diafragmy u rebenka s politravmoy. Politravma/Polytrauma. 2016;(2):61-67.

Gareev R.N., Fakhretdinov D.Z., Nguen Kh.K. Torakoabdominal'nye raneniya. Kreativnaya khirurgiya i onkologiya. 2013;(1-2):48-51. https://doi.org/10.24060/2076-3093-2013-0-1-2-48-51

Danilov A.M., Mikhaylov A.P., Zemlyanoy V.P. Diagnostika i khirurgicheskoe lecheniya torakoabdominal'nykh raneniy //Materialy XI S"ezda khirurgov Rossiyskoy Federatsii. Volgograd, 2011. S. 594.

Zaytsev D.A., Kukushkin A.V. Torakoskopiya v verifikatsii povrezhdeniya diafragmy pri torakoabdominal'noy travme //Vestnik eksperimental'noy i klinicheskoy khirurgii. 2011. T. 4, No 4. S. 705-709.

Zvezdkina E.A., Lesnyak V.N., Belov M.A., Kochanova M.N. Vozmozhnosti spiral'noy komp'yuternoy tomografii v diagnostike povrezhdeniy diafragmy i ikh posledstviy. Klinicheskaya praktika. 2014;(1):31-37.