XITOYNING XLZ-57 G‘O‘ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Main Article Content

Zaripov Xabib Salimovich
Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li
Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li

Abstract

Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 76 × 10 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15-18 donani, bitta ko‘sak vazni 5,8 g ni tola chiqimi 41,5% ni, tola uzunligi 31 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘sh qator (76 × 10 sm) shinjon usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta’minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10-12 donani hamda bitta ko‘sak vazni 5,4 g ni chiqimi 40,5% ni, tola uzunligi 30 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi. Mazkur tadqiqotda XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida va 76×10 sxemada yakka qator qilib ekishning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ekish usullarining o‘simlik bo‘yi, barglar soni, hosil elementlari va yakuniy hosildorlikka ta’siri aniqlanib, eng samarali ekish usuli tavsiya etildi.

Article Details

How to Cite
Zaripov Xabib Salimovich, Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li, & Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li. (2026). XITOYNING XLZ-57 G‘O‘ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. Research Focus International Scientific Journal, 5(2), 22–29. Retrieved from https://refocus.uz/index.php/1/article/view/2012
Section
06.00.00 – Agricultural sciences

References

Axmedov A.A., Rahmonov S.R. Paxtachilik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.–320b.

Mirzayev M.M. G‘o‘za ekish texnologiyalari va hosildorlik. – Toshkent: Fan, 2020.–245b.

Ismoilov J.I., To‘xtayev B.K. G‘o‘zani qo‘shqator usulida ekishning agrobiologik afzalliklari // Paxtachilik va donchilik jurnali. – 2021. – №3. – B. 18–22.

Karimov D.S., Abdullayev A.R. Turli ekish sxemalarining g‘o‘za hosildorligiga ta’siri // Qishloq xo‘jaligi fanlari axborotnomasi. – 2022. – №2. – B. 35–39.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. G‘o‘za yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tavsiyalar. – Toshkent, 2023. – 64 b.

Xolmatov F.H. XLZ-57 g‘o‘za navining biologik xususiyatlari va hosildorligi // Agroilm. – 2020. – №4. – B. 41–45.

Saidov R.T., Nuraliyev S.B. Intensiv ekish texnologiyalarining paxtachilikdagi ahamiyati // Innovatsion qishloq xo‘jaligi. – 2021. – №1. – B. 27–31.

Xudoyberdiyev R.A. Intensiv paxtachilik texnologiyalarida ekish sxemasining roli // Innovatsion texnologiyalar. – 2022. – №3. – B. 48–52.

Nurmatov E.E., Shodmonov I.I. Qo‘shqator ekishning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri // Qishloq xo‘jaligi ilmiy jurnali. – 2018. – №5. – B. 19–23.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari to‘plami. Paxtachilikda zamonaviy texnologiyalar. – Toshkent, 2021. – 156 b.

Xasanov M.U. G‘o‘za navlarining ekish sxemasiga moslashuvi // Agrobiologiya. – 2023. – №1. – B. 29–34.

Jo‘rayev D.B., Islomov F.N. Paxtachilikda resurs tejovchi ekish usullari // Agrotexnika. – 2022. – №2. – B. 41–45.

Saidov A.A. Paxtachilikda hosil elementlari va ularni boshqarish. – Toshkent: Fan, 2019. – 172 b.

Xitoy va Markaziy Osiyo paxtachilik tajribalari asosida tuzilgan ilmiy hisobotlar to‘plami. – Toshkent, 2020. – 98 b.