Qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi qo‘llanilgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy samaradorligi

Maqola asosiy qismi

Laylo Sharipovna SHARIPOVA
Nurbek Ergashevich YO‘LDASHEV

Abstrak

Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, diktiokaulyoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, kasallikning uchrash darajasi 18,7–75,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda kasallikning ekstensivligi ayrim hududlarda 65,5 % gacha yetishi qayd etilgan. Shunga qaramay, hozirgi davrda respublikaning turli hududlarida diktiokaulyozning zamonaviy epizootik holati, tarqalish xususiyatlari, shuningdek amaliyotda qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarining samaradorligi va ularga nisbatan parazitlarning rezistentlik darajasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda chorva hayvonlari gelmintozlariga qarshi veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL®, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligi o‘rganildi va olingan natijalar tahlil qilindi.

Maqola tafsilotlari

Iqtibos keltirish
SHARIPOVA, L. S., & YO‘LDASHEV, N. E. (2026). Qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi qo‘llanilgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy samaradorligi. Research Focus International Scientific Journal, 5(7), 57–61. https://doi.org/10.66073/ReFocus.V5I7.0710
Bo'lim
16.00.00 – Veterinariya fanlari

##submission.citations##

Aranov V.V., Didenko P.P., Belousov N.N. Levoks pri diktiokauleze ovets i toksokaroze sobak [Levox in ovine dictyocaulosis and canine toxocarosis]. Veterinariya, 2001, no. 5, pp. 34–35. (in Russian)

Yuldashev N.E. Gelmintozlarga qarshi kurashishning zamonaviy uslub va vositalari [Modern methods and means of controlling helminthiases]. DSc dissertation. Samarkand, 2018, pp. 37–43. (in Uzbek)

Yuldashev N.E., Eshmurodov S.Kh., Yakhshieva D.A. Respublikamiz veterinariya amaliyotida qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarning dorivor shakllari bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy o‘rganishlar [Analytical study of the dosage forms of anthelmintic preparations used in veterinary practice in Uzbekistan]. Veterinariya meditsinasi, 2024, no. 4, pp. 32–33. (in Uzbek)

Oripov A.O., Davlatov R.B., Yuldashev N.E. Veterinariya gelmintologiyasi [Veterinary helminthology]. Tashkent, 2016, 384 p. (in Uzbek)

Panasyuk D.I., Shilnikov V.I. Diktiokaulezy i puti ikh likvidatsii [Dictyocauloses and ways of eliminating them]. Moscow, Kolos, 1966, pp. 4–7. (in Russian)

Shekhovtsov V.S. Effektivnost ivomeka pri legochnykh i kishechnykh strongilyatozakh ovets [Efficacy of Ivomec in pulmonary and intestinal strongylatoses of sheep]. Byulleten VIGIS, 1988, iss. 49, pp. 59–62. (in Russian)

Bhat T.K., Sharma R.L., Dhar D.N. Levamisole: evaluation of anthelmintic activity in lambs. Indian Veterinary Journal, 1987, p. 64.

Rehbein S., Visser M. Efficacy of ivermectin delivered via a controlled-release capsule against small lungworms (Protostrongylidae) in sheep. Parasitology, 2003, no. 127, pp. 179–187.

Swan E. Efficacy of ivermectin against internal parasites of sheep. Journal of the South African Veterinary Association, 1984, no. 55, pp. 165–169.

Yazwinski T.A. Antiparasitic efficacy studies in ruminants. 1986, pp. 186–187.