IQLIMGA CHIDAMLI QISHLOQ XOʻJALIGI STRATEGIYASI SIFATIDA VERTICILLIUM DAHLIAE KLEBHAN'GA CHIDAMLI F1 GʻOʻZA DURAGAYLARINI YARATISH VA BIOKIMYOVIY SKRINING QILISH
Maqola asosiy qismi
Abstrak
Maqolada biokimyoviy va dala baholash usullaridan foydalangan holda Verticillium dahliae Kleb. patogeniga chidamli gʻoʻza navlari va duragaylarini aniqlashga qaratilgan laboratoriya hamda dala tadqiqotlari tahlili keltirilgan. Tadqiqotda duragaylash uchun boshlangʻich material sifatida G. hirsutum turining turli genetik kelib chiqishga ega SB-6, S-6541, Namangan-34, S-6545 va Namangan-77 navlari ishlatilgan. Ushbu navlar va ularning F1 duragaylari laboratoriya hamda dala sharoitida V. dahliae ga chidamliligi boʻyicha baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari ikkala usul — biokimyoviy va dala baholash — amalda bir xil ma’lumot berishini koʻrsatdi, bu esa ularning ishonchliligini tasdiqlaydi va dala baholash natijalarini qayta tekshirishga zarurat yoʻqligini bildiradi. Baholash natijalariga koʻra, V. dahliae ga eng chidamli navlar sifatida Namangan-34, Namangan-77 va S-6541 aniqlandi. Shuningdek, oʻrganilgan F1 duragaylari orasida quyidagi chatishtirish kombinatsiyalari istiqbolli chidamlilik namoyon etdi: Namangan-77 × S-6541, Namangan-34 × SB-6, S-6541 × SB-6, S-6541 × S-6545, S-6545 × S6541 va SB-6 × S-6541. Olingan natijalar biokimyoviy va dala tadqiqotlarini birgalikda qoʻllash chidamli genotiplarni aniqlashning ishonchli yondashuvi ekanligini, aniqlangan chidamli nav va duragaylar esa V. dahliae ga chidamliligi yuqori gʻoʻza yaratishda qimmatli seleksiya materiali boʻlib xizmat qilishini koʻrsatadi.
Maqola tafsilotlari
##submission.citations##
Abdelraheem, A., Fang, H., Jenkins, J. N., & McCarty, J. C. (2020). A genome-wide association study uncovers consistent QTL for resistance to Verticillium wilt and Fusarium wilt race 4 in U.S. Upland cotton. Theoretical and Applied Genetics, 133(2), 563–577. https://doi.org/10.1007/s00122-019-03474-2
Ayyaz, M., et al. (2025). QTL mapping associated with Verticillium wilt resistance in cotton based on MAGIC population. Journal of Cotton Research, 8, Article 9. https://doi.org/10.1186/s42397-025-00211-7
FAO. (2022). FAOSTAT: Crops and livestock products. Food and Agriculture Organization of the United Nations.
Gardiner, D. M., Neate, S. M., & Wilson, I. W. (2024). The genomes of two Australian isolates of Verticillium dahliae recovered from cotton fields. Australasian Plant Pathology, 53(3), 435–
https://doi.org/10.1007/s13313-024-00999-2
Griffing, B. (1956). Concept of general and specific combining ability in relation to diallel crossing systems. Australian Journal of Biological Sciences, 9(4), 463–493. https://doi.org/10.1071/BI9560463
ICAC. (2023). Cotton World Statistics. International Cotton Advisory Committee.
Kurbonov, S., & Avtonomov, V. (2020). Breeding of cotton for tolerance to V.dahliae in Uzbekistan. Journal of Agriculture and Crop Science, 206(3), 355–364. https://doi.org/10.1111/jac.12456
Lei, Y., et al. (2025). Integrative identification of key genes governing VW resistance in cotton via transcriptomic approaches. Plant Biotechnology Journal. https://doi.org/10.1111/pbi.14567
Webster, J., Neate, S. M., & Wilson, I. W. (2023). Investigating the defoliating-like (DL) VCG2A pathotype of Verticillium dahliae in Australian cotton. Plant Pathology, 72(8), 1711– 1723. https://doi.org/10.1111/ppa.13853
Wilson, I. W., et al. (2024). Genetic mapping and characterization of Verticillium wilt resistance in a recombinant inbred population of upland cotton. International Journal of Molecular Sciences, 25(4), 2439. https://doi.org/10.3390/ijms25042439
Xiao, S., et al. (2021). GhMYB4 downregulates lignin biosynthesis and enhances cotton resistance to Verticillium dahliae. Plant Cell Reports, 40, 735–751. https://doi.org/10.1007/s00299-020-02636-6
Zhang, Y., et al. (2025). A panoramic view of cotton resistance to Verticillium dahliae — from genetic architectures to precision genomic selection. Journal of Cotton Research (BMC). https://doi.org/10.1186/s42397-025-00215-3 Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan 80 https://refocus.uz/