BOLALARDA BRONXIAL ASTMANI KOMPLEKS BOSHQARISHDA VITAMIN D DARAJASI

Maqola asosiy qismi

Turayeva Nafisa Omonovna
Khamzaeva Kamina Azizovna

Abstrak

Tadqiqot maqsadi: bolalardagi bronxial astmani kompleks davolashda vitamin D qo‘shimchasining klinik samaradorligini baholash. Materiallar va metodlar: tadqiqotga bronxial astma bilan og‘rigan 60 nafar bola jalb etilgan. Ulardan 13 nafari (21,6%) og‘ir persistent shakldagi astma (I guruh), 33 nafari (55%) o‘rta og‘irlikdagi shakl (II guruh), 14 nafari (23%) yengil persistent shakldagi astma bilan kuzatildi (III guruh). Tadqiqotda ishtirok etish mezonlaridan biri jadal yordamga muhtoj holatlarning yo‘qligi edi. Nazorat guruhi o‘rta og‘irlikdagi o‘tkir obstruktiv bronxit bilan kasallangan va allergik kasalliklar anamnezi bo‘lmagan 50 nafar boladan iborat edi. Barcha ishtirokchilarning ota- onalaridan tushuntirilgan rozilik olindi. Bolalarda vitamin D statusini baholash uchun qonda 25(OH)D metaboliti darajasi aniqlandi. Natijalar va muhokama: qon zardobidagi vitamin D (25(OH)D) konsentratsiyasi davolanishdan oldin va keyin ferment immunoanaliz usulida baholandi. AQSh Tibbiyot institutining tavsiyalariga ko‘ra, 25(OH)D darajasi 20 ng/ml dan past bo‘lsa yetishmaslik, 21–30 ng/ml bo‘lsa kamlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xulosalar: asosiy terapiya bilan vitamin D ning birgalikdagi qo‘llanilishi samarali ekanligini ko‘rsatdi va astma zo‘rayishlari xavfini kamaytirdi. Vitamin D ni kompleks davolashga kiritish kasallikning kechishi va dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa davolash va profilaktika choralarini yaxshilashga yordam beradi.

Maqola tafsilotlari

Iqtibos keltirish
Omonovna, T. N., & Azizovna, K. K. (2026). BOLALARDA BRONXIAL ASTMANI KOMPLEKS BOSHQARISHDA VITAMIN D DARAJASI. Research Focus International Scientific Journal, 5(5), 188–193. Retrieved from https://refocus.uz/index.php/rf/article/view/2272
Bo'lim
14.00.00 – Tibbiyot fanlari

##submission.citations##

Balabolkin I. I. // Pediatrics. — 2009. — No. 87 (2). — P. 6–

Kurbacheva O. M., Pavlova K. S. // RAJ. — 2013. — No.

Ryvkin A. I., Glazova T. G., Pobedinskaya N. S. // Medical Almanac. — 2017. — No. 2 (47). — P. 56–

Spirichev V. B. // Pediatrics. — 2011. — No.

Chuchalin A. G. National Program “Bronchial Asthma in Children. Treatment Strategy and Prevention.” — M., 2014.

Bateman E. D., Reddel H. K., Friksson G., et al. // The Journal of Allergy and Clinical Immunology. — 2010. — Vol. 125, No.

Cantorna M. T. // J. Rheumatol. Suppl. — 2012. — Vol. 125. — P. 11–

Dabbah H., Bar Yoseph R., Livnat G., Hakim F., Bentur L. // Respir. Care. — 2015. — Vol. 60, No.

— P. 1157–1163. PubMed PMID: 25899478.

Hayes C. E., et al. // Cell-Mol. Biol. — 2015. — Vol. 49, No.

Luo J., Liu D., Liu C. T. // Medicine (Baltimore). — 2015. — Vol. 94, No.

— P. 2185. PubMed PMID: 26683927.

Luz Tavera-Mendoza, J. White // In the World of Science. — 2010. — Vol.

Martineau A. R., Cates C. J., Urashima M., et al. // Cochrane Database of Systematic Reviews. — 2016. — Issue

— CD011511. DOI: 10.1002/14651858.CD011511.pub2.

Norman A. W., et al. Vitamin D // Handbook of Vitamins. — 2008. — P. 41–109.

Soe H. H. K., Abas A. B. L., Than N. N., Ni H., Singh J., Said A. R. B. M., Osunkwo I. // Cochrane Database of Systematic Reviews. — 2017. — Issue

— CD010858. DOI: 10.1002/14651858.CD010858.pub2.