O'TKIR GANGRENOZ-NEKROTIK PARAPROKTITNI JARROHLIK DAVOLASH TAKTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH
Maqolaning asosiy mazmuni
Abstrak
Maqolada 2015-2022 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko'p tarmoqli klinikasida operatsiya qilingan 242 bemorni davolash natijalari keltirilgan, ulardan 23 (9,5%) bemor kasallikning nekrotik shakli bilan zararlangan edi. Aerob etiologiyali o'tkir paraproktit 219 (90,5%) bemorda kuzatildi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 63,1±4,9 yilni tashkil etdi. Barcha bemorlarga klinik tekshiruv, rektal tekshiruv, rektomanoskopiya, transabdominal va transrektal ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiyasi, yara ajralmalarining bakteriologik tekshiruvi o'tkazildi. Barcha bemorlarga shoshilinch jarrohlik amaliyotlari bajarildi. Tekshiruv natijalari o'z vaqtida o'tkazilgan radikal jarrohlik aralashuvi, antibakterial va dezintoksikatsion terapiya bemorlarning sog'ayishiga olib kelganini ko'rsatdi.
Maqola tafsilotlari
Bo'lim

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish kerak
Adabiyotlar
Баровикова О.П. Особенности течения и оперативного лечения разных форм глубоких парапроктитов в зависимости от пола больного: Автореф. дис. канд. мед. наук. – М., 2022.
Жуков Б.Н., Исаев В.Р., Чернов А.А. Основы колопроктологии для врача общей практики: монография. – Самара: ООО «Офорт», 2019.
Филлипс Р.К.С. (ред.) Колоректальная хирургия / пер. с англ. – М.: ГЭОТАР – Медиа, 2019.
Основы колопроктологии / Под ред. Г.И. Воробьёва. – М., 2020. – 432 с.
Brook I. Microbiology and management of soft tissue and muscle infections // Int. J. Surg. – 2008. – Vol. 6, N 4. – P. 328–38.
Gordon P.H. Principles and practice of surgery for the colon, rectum, and anus / Eds. P.H. Gordon, S. Nivatvongs. – 3rd ed. – N.-Y., 2017.
Wolff B.G. The ASCRS textbook of colon and rectal surgery. – Springer Science + Business Media, LLC. – 2017.