O‘zbekistonning turli geografik-iqlim mintaqalarida tovuqlar nematodozlarining tarqalishi va mavsumiy dinamikasi

Maqolaning asosiy mazmuni

Komiljon Shuhrat o‘g‘li AKRAMOV
Xurshid Abdurajabovich SAFAROV
Behzod Karamat o‘g‘li ULUQOV

Abstrak

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining turli geografik-iqlim mintaqalarida aholi xonadonlari va parrandachilik xo‘jaliklarida boqilayotgan tovuqlar orasida asosiy nematodozlarning tarqalish darajasi, hududiy va mavsumiy dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2022–2024-yillarda Respublikaning 11 ta viloyatida olib borilib, jami 1682 ta tezak namunasi gelmintokoprologik usullarda tekshirildi. Tadqiqotlarda Fyulleborn, ketma-ket yuvish, Berman-Orlov usulining takomillashtirilgan varianti hamda to‘liq va noto‘liq gelmintologik yorib ko‘rish usullaridan foydalanildi. Umumiy natijalarga ko‘ra, tekshirilgan tovuqlarning 779 tasi, ya’ni 46,31% nematodozlar bilan zararlangan. Nematodozlar orasida askaridioz 25,45%, geterakidoz 28,59% va kapillarioz 26,28% ekstenszararlanish ko‘rsatkichlarini namoyon qildi. Geografik-iqlim mintaqalari kesimida eng yuqori zararlanish janubiy mintaqada 62,84%, eng past ko‘rsatkich esa sharqiy mintaqada 26,15% bo‘ldi. Mavsumiy tahlil qish faslida 58,23% bilan eng yuqori, bahorda esa 28,97% bilan eng past zararlanish qayd etilganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari tovuqlar nematodozlariga qarshi kurashni hududiy va mavsumiy xavfga asoslangan profilaktika tamoyillari asosida tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi.

Maqola tafsilotlari

Bo'lim

16.00.00 – Veterinariya fanlari

Qanday iqtibos keltirish kerak

O‘zbekistonning turli geografik-iqlim mintaqalarida tovuqlar nematodozlarining tarqalishi va mavsumiy dinamikasi. (2026). Research Focus International Scientific Journal, 5(8), 103-107. https://doi.org/10.66073/ReFocus.V5I8.0819

Adabiyotlar

Shifaw A., Teka F., Stephen W., Brendan Sh., Timothy E., Ruhnke I. Global and regional prevalence of helminth infection in chickens over time: a systematic review and meta-analysis.

Oripov A.O. et al. Veterinariya gelmintologiyasi [Veterinary helminthology]. Tashkent, 2016, pp. 198–201. (in Uzbek)

Kibakin V.V. Osnovnye gel’mintozy kur i mery bor’by s nimi v usloviyakh Altayskogo kraya i Vostochnoy Sibiri [The principal helminthiases of chickens and their control in the Altai Territory and Eastern Siberia]. Abstract of Dr. Sci. diss. Tyumen, 2005. (in Russian)

Akbaev M.Sh. Metody diagnostiki gel’mintozov ptits [Methods of diagnosing helminthiases of birds]. Collected scientific papers, Moscow State Academy of Veterinary Medicine and Biotechnology, 1999, pp. 36–41. (in Russian)

Akramova F.D. et al. Gel’minty ptits domashnikh i dikikh kuroobraznykh (Aves: Galliformes) Uzbekistana [Helminths of domestic and wild Galliformes (Aves: Galliformes) of Uzbekistan]. Rossiyskiy parazitologicheskiy zhurnal, 2021, vol. 15, no. 2. (in Russian)

Bayramov S.Yu. Vliyanie gel’mintoznykh zabolevaniy na produktivnost’ ptits [Influence of helminth diseases on the productivity of poultry]. Izvestiya Nizhnevolzhskogo agrouniversitetskogo kompleksa. (in Russian)

Arisova G.B. Efficacy of ivermectin-based drugs against ectoparasites in broiler chickens. World’s Veterinary Journal, 2020, vol. 10, no. 2, pp. 160–164.

Akramov K.Sh., Djabbarov Sh.A. Respublikamizning sharqiy geografik-iqlim mintaqalarida parrandalar (tovuqlar) gelmintozlarining tarqalishi [Distribution of helminthiases of poultry (chickens) in the eastern geographical and climatic zones of the republic]. Veterinariya meditsinasi. (in Uzbek)

Akramov K.Sh., Axmadov A.I. Respublikamizning ayrim viloyatlarida tovuqlar orasida gelmintozlarning tarqalishi [Distribution of helminthiases among chickens in certain regions of the republic]. Biologiya va tibbiyot muammolari, 2023, no. 3.1. (in Uzbek)

Akramov K.Sh. Veterinary Scientific-Research Institute, Samarkand, Republic of Uzbekistan, 2024.

Akramov K., Safarov Kh. Main helminthiases in chickens and their control in the central geographical and climatic regions of Uzbekistan. Vestnik Oshskogo gosudarstvennogo universiteta.