O‘zbekistonning janubiy hududlarida meva kuyalari faunasi
Maqolaning asosiy mazmuni
Abstrak
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlari, xususan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida mevali bog‘lar hamda anorzorlarda tarqalgan asosiy meva kuyalarining faunasi, sistematik holati, tarqalish xususiyatlari, ozuqa o‘simliklari, bioekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati tahlil qilingan. Janubiy hududlarning issiq va quruq iqlimi, uzoq vegetatsiya davri hamda mevachilik va anorchilikning rivojlanganligi ayrim kuya turlarining populyatsiyalari shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tadqiqotlar va adabiyot ma’lumotlari tahlili asosida olma mevaxo‘ri — Cydia pomonella (Linnaeus, 1758), sharq mevaxo‘ri — Grapholita molesta (Busck, 1916) hamda anor mevaxo‘ri — Euzophera punicaella Mooze kabi turlarning janubiy agroekotizimlardagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda Tortricidae oilasi bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlarda aniqlangan turlar tarkibi va ularning janubiy hududlarda uchrashi masalasi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada meva kuyalarining tarqalishini monitoring qilish, fenologik rivojlanishini kuzatish va integral himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
Maqola tafsilotlari
Bo'lim

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 International litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish kerak
Adabiyotlar
Kimyonazarov S.Q. Markaziy Farg‘ona mevaxo‘rlari (Lepidoptera: Tortricidae) faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati. Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2025.
Zukhritdinova N.Y., Akhmedova Z.Y., Kimyonazarov S.Q., Allaberdiyeva K.X. Diversity of entomopathogenic micromycetes associated with orchard pest species Cydia pomonella (Lepidoptera: Tortricidae) and Caliroa cerasi (Hymenoptera: Tenthredinidae). Acta Biologica Sibirica, 2025, 11: 669–675.
Akhmedova Z.Y., Zukhritdinova N.Y., Kimyonazarov S.Q., Khashimova M.Kh. First results of the study of entomopathogenic microflora Cydia pomonella (Linnaeus, 1758) in apple orchards of Uzbekistan. Acta Biologica Sibirica, 2024, 10: 1293–1304.
Tojiyeva F.A. Osnovniye vrediteli plodovix sadov Surxandarinskoy oblasti. Ekonomika i sotsium, 2024.
Xavfli karantinosti zararkunandasi — sharq mevaxo‘ri (Grapholitha molesta)ning mevali bog‘larni zararlash darajasi. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini, no. 5, 2021, 16–19-b.
Mirzaeva S.A., Kambarova M.X., Irgashev M.U., Rasulova M.B. Application of harmonized fighting system against pomegranate orchard. Indonesian Journal of Innovation Studies, 2019.
EPPO Global Database. Cydia pomonella — Distribution details in Uzbekistan.
EPPO Global Database. Grapholita molesta — Distribution details in Uzbekistan.
Lu P.-F., Qiao H.-L. Peach volatile emission and attractiveness of different host plant volatiles blends to Cydia molesta in adjacent peach and pear orchards. Scientific Reports, 2020, 10:13658.
Tuerdi Y., Ma T., Nuermaimaiti T., Shataer A. Study on the using pattern of Cydia pomonella L. and Grapholitha molesta Busck sex pheromone in walnut orchard. Xinjiang Agricultural Sciences, 2024, 61(7):1757–1765.
Raxmatov A.A., Ucharov A. O‘zbekiston tokzorlarida uchraydigan tangaqanotli zararkunandalar (Lepidoptera: Tortricidae) va ularning tarqalishi. 2024.