TUG'MA BACHADON TO'SIG'I: KLINIK AHAMIYATI, TASHXISI VA DAVOLASH NATIJALARI.

Maqolaning asosiy mazmuni

Rafikov Sanjar Shavkatovich
Bazarova Fariza Ravshanovna
Negmajanov B. B

Abstrak

Tug‘ma bachadon to‘sig‘i (septum) — Myuller (paramesonefral) yo‘llari embriogenezidagi buzilishlar natijasida yuzaga keladigan rivojlanish nuqsonlarining eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, reproduktiv yo‘qotishlarning muhim omillaridan biri sifatida qaraladi. Ushbu patologiyaning dolzarbligi fertilitet buzilishlari va homiladorlikning noqulay kechishi bilan bog‘liq ayollarda yuqori uchrashish chastotasi bilan belgilanadi. Mazkur sharhning maqsadi tug‘ma bachadon to‘sig‘ining klinik ahamiyati, diagnostik imkoniyatlari hamda davolash aralashuvlari natijalariga oid zamonaviy qarashlarni dolzarb ilmiy ma’lumotlar asosida umumlashtirish va tanqidiy tahlil qilishdan iborat. Sharh akusherlik, ginekologiya va reproduktiv tibbiyot bo‘yicha nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan xalqaro klinik tavsiyalar, tizimli sharhlar, meta-tahlillar va original tadqiqotlar tahliliga asoslangan. Ishda bachadon to‘sig‘ining embriologik shakllanishi, ushbu anomaliyaning tarqalish xususiyatlari hamda to‘siqning turli morfologik variantlarining reproduktiv prognozga ta’siri yoritilgan. Diagnostik usullar — gisterosalpingografiya, 2D va 3D transvaginal UZI, magnit-rezonans tomografiya hamda endoskopik usullar — diagnostik aniqligi, klinik axborot qiymati va amaliy cheklovlari nuqtayi nazaridan solishtirma baholandi. Zamonaviy ma’lumotlarga ko‘ra, 3D transvaginal UZI (sho‘r eritma infuziyasi va doppler vizualizatsiyasi bilan yoki ularsiz) bachadon to‘sig‘ini Myuller yo‘llari rivojlanishining boshqa anomaliyalaridan farqlash uchun eng ishonchli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq noinvaziv usul hisoblanadi. Jarrohlik davolash natijalarining tahlili bachadon to‘sig‘ining gisteroskopik rezektsiyasi, ayniqsa odatiy homila yo‘qotishlari bo‘lgan bemorlarda, reproduktiv yo‘qotishlar chastotasini sezilarli kamaytirishi va homilador bo‘lish hamda homilani olib yurish ko‘rsatkichlarini yaxshilashini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, klinik belgilarsiz ayollarda profilaktik jarrohlik aralashuvining asoslanganligi masalasi hanuz ochiq bo‘lib, qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi. Demak, sharh natijalari diagnostikada yagona yondashuv, jarrohlik davolash uchun bemorlarni qat’iy tanlash va dalillarga asoslangan shaxsiylashtirilgan boshqaruv strategiyalarini qo‘llash / zarurligini ta’kidlaydi. Zamonaviy klinik va vizualizatsion usullar integratsiyasi tug‘ma bachadon to‘sig‘ini aniqroq tashxislash va davolash taktikasini optimallashtirishga xizmat qiladi.

Maqola tafsilotlari

Bo'lim

14.00.00 – Tibbiyot fanlari

Qanday iqtibos keltirish kerak

TUG’MA BACHADON TO’SIG’I: KLINIK AHAMIYATI, TASHXISI VA DAVOLASH NATIJALARI. (2026). Research Focus International Scientific Journal, 5(1), 265-276. https://doi.org/10.66073/researchfocus.v5i1.1997

Adabiyotlar

A. Daniilidis1, P. PAPAndreou2, G. F. Grimbizis3 Uterine septum and reproductive outcome. From diagnosis to treatment. How, why, when? 2022, 14 (1): 31-36

A. Ludwin1,2, and I. Ludwin1,2 Comparison of the ESHRE – ESGE and ASRM classifications of Mullerian duct anomalies in everyday practice Vol.30, No.3 pp. 569 – 580, 2015

Adamyan L.V., Sibirskaya E.V., Pivazyan L.G., Davydova Y.D., Tarlakyan V.A. Developmental anomalies of the female genital tract from classifications to diagnosis: current issue state. Russian Journal of Woman and Child Health. 2023;6(4):425–432 (in Russ.). DOI: 10.32364/2618-8430-2023-6-4-16.

Alcázar, J.L.; Carriles, I.; Cajas, M.B.; Costa, S.; Fabra, S.; Cabrero, M.; Castro, E.; Tomaizeh, A.; Laza, M.V.; Monroy, A.; et al. Diagnostic Performance of Two- Dimensional Ultrasound, Two-Dimensional Sonohysterography and Three-Dimensional Ultrasound in the Diagnosis of Septate Uterus—A Systematic Review and Meta- Analysis. Diagnostics 2023, 13, 807. https://doi.org/10.3390/ diagnostics13040807

Amanzholkyzy А, Kosmuratova R, Issaeyev G, Ayazbaeva L, Kulzhanova D, Kosmuratova S. The effect of an incomplete uterine septum on pregnancy outcome: A clinical case. Reproductive Medicine (Central Asia). 2025; 3: 453. Russian. https://doi.org/10.37800/RM.3.2025.453

Brunella Zizol, M.D., Ph.D.,a Connie Odette Rees, M.D., Quantitative ultrasound measurement of uterine contractility in septate uterus vs. normal uteri: a multicenter prospective study.

C. Russo1, F. Conway1 3D transvaginal ultrasound diagnosis of uterine septa according to different classifications: are there other measurements that correlate to reproductive outcome in small indentation length? Facts Views Vis Obgyn, 2022, 14 (2): 129-138

Carla Peixoto1,2 Maite Castro3 Diagnosing Septate Uterus Using Three-Dimensional Ultrasound Using Three Different Classifications: An Interobserver and Intraobserver Agreement Study. DOI https://doi.org/ 1055/s-0041-1740271. ISSN 0100-7203.

Clinical recommendations (project). Congenital malformations of the vagina and/or uterus in children and adolescents. Reproduktivnoe zdorov’e detey i podrostkov [Pediatric and Adolescent Reproductive Health].2021;17 (3): 31–56. DOI: https://www.doi.org/10.33029/1816-2134-2021-17-3-31-56

Drobyazko P.A. PREVIEW OF FOREIGN CLINICAL GUIDELINES FOR HYSTEROSCOPY DOI: https://doi.org/10.23670/IRJ.2021.103.2.065

F. Pozzati1, M. Mirandola1, G. Topozouva1, L. Parodi1, A. Carla Testa1,2, G. Scambia1,2, U. Catena1 Complete uterine septum, double cervix, and longitudinal vaginal septum: an integrated approach for one-stop diagnosis and ultrasound-guided endoscopic treatment 2023, 15 (2): 167-170

Firat Buyuktaskin, Gizem Işık. Diagnostic Accuracy of 3D/4D Transvaginal Ultrasound Compared with MRI for Müllerian Uterine Anomalies: A Prospective Study Using Hysteroscopic Conrmation for Septate Uterus DOI: https://doi.org/10.21203/rs.3.rs-8231443/v1 December 22nd, 2025

Ghada K. Gouhar a, Soha Siam b Uterine septum structure and reproductive performance: Role of 3D TVUS and MRI http://dx.doi.org/10.1016/j.ejrnm.2013.02.009

Grigoris F. Grimbizis, Attilio Di Spiezio Sardo. The Thessaloniki ESHRE/ESGE consensus on diagnosis of female genital anomalies. Doi:10.1093/humrep/dev264 2016

Grigoris F. Grimbizis1,2, The ESHRE/ESGE consensus on the classification of female genital tract congenital anomalies E-mail: grimbi@med.auth.gr; grigoris.grimbizis@gmail.com. March 12, 2013

Hajšek, P.; Riemma, G.; Korošec, S.; Laganà, A.S.; Chiantera, V.; Mikuš, M.; Ban Frangež, H. Does Hysteroscopic Dissection of Partial Uterine Septum Represent a Risk Factor for Placental Abnormalities in Subsequent Pregnancy Compared with Controls Undergoing Other Hysteroscopic Surgery? Results from a Large Case–Control Analysis. J. Clin. Med. 2023, 12, 177. https:// doi.org/10.3390/jcm12010177

Hayden A. Homer, M.B.B.S., The septate uterus: a review of management and reproductive outcome. VOL. 73, NO. 1, JANUARY 2000