“Research Focus” xalqaro ilmiy jurnali quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qiladi: aniq va tabiiy fanlar; tibbiyot fanlari; texnika fanlari; pedagogika fanlari; ijtimoiy-gumanitar fanlar; iqtisod fanlari; falsafa va filologiya fanlari; san’at va madaniyat fanlari; jismoniy tarbiya va sport.
Jurnalga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, umumta’lim maktablari va akademik litseylar o‘qituvchilari, magistrantlar, iqtidorli talabalar va ilm-fanning boshqa vakillari maqola yuborishlari mumkin.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar
Maqola xalqaro talab darajasidagi IMRAD tuzilishida yozilgan bo‘lishi lozim: kirish, materiallar va usullar, natijalar, muhokama va xulosa.
Maqola nomi, annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi. Agar maqola rus yoki ingliz tilida bo‘lsa, annotatsiya va kalit so‘zlar rus va ingliz tillarida bo‘lishi yetarli.
Mavzu jurnal yo‘nalishiga oid va dolzarb bo‘lishi, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslanishi, taklif va tavsiyalar bilan yakunlanishi lozim.
Sahifa formati A4; xoshiya yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, o‘ngdan 2 sm.
Matn Microsoft Word muharririda, Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,15 interval bilan teriladi.
Maqola hajmi 3–10 bet.
Maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.
Muallif(lar) haqidagi ma’lumot — familiya va ism, ish joyi, lavozim, ilmiy daraja, ORCID identifikatori hamda aloqa manzili — maqola bilan birga yuboriladi.
Muddatlar
Jurnal oyda bir marta chiqadi. Maqolalar har oyning 5-sanasiga qadar qabul qilinadi, navbatdagi son har oyning 10-sanasida nashr etiladi.
Maqolani yuborish
Maqolalar elektron shaklda quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
Yuborilgan har bir maqola tahririyat tomonidan ko‘rib chiqiladi va taqrizdan o‘tkaziladi; talablarga javob bermagan maqolalar nashr etilmaydi. Batafsil tartib — Maqolalarni taqrizdan o‘tkazish tartibi sahifasida; nashr etikasi qoidalari — Nashr etikasi sahifasida.
Qabul qilingan maqola 5 ish kuni ichida jurnal saytiga joylashtiriladi; muallifga maqola havolasi, qabul qilinganlik haqida ma’lumotnoma va sertifikat taqdim etiladi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi hamda maqola Google Scholar, Zenodo va ResearchBible bazalarida indekslanadi.
Nashr xarajatlari
Maqola qabul qilingandan so‘ng nashr xarajatlari uchun to‘lov amalga oshiriladi. To‘lov miqdori va usullari Maqolani chop etish (APC) to‘lovi sahifasida keltirilgan.
Maqolani yuborishga tayyorlash bo'yicha nazorat ro'yxati
Yuborilayotgan barcha materiallar quyidagi talablarga javob berishi shart.
Ushbu material ilgari nashr etilmagan va boshqa jurnalga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilmagan (yoki bu holat Muharrirga izohlarda tushuntirilgan).
Material fayli OpenOffice, Microsoft Word yoki RTF hujjat formatida.
Imkoni bo‘lgan joyda adabiyotlar uchun to‘liq internet manzillari (URL) keltirilgan.
Matn bir intervalda terilgan; 12 punktli shrift ishlatilgan; ajratish uchun tagiga chizish emas, kursiv qo‘llanilgan (URL manzillaridan tashqari); barcha rasm, grafik va jadvallar matn oxirida emas, o‘z o‘rnida joylashtirilgan.
Matn Muallif qo‘llanmasidagi uslub va bibliografik talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan.
Bu shuni anglatadiki, istalgan shaxs maqolani bepul o‘qishi, yuklab olishi, nusxalashi, tarqatishi, chop etishi, qidiruvda ishlatishi va boshqa asarlarida foydalanishi mumkin. Yagona shart — muallif, jurnal nomi va maqolaning saytdagi manzili ko‘rsatilishi, o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa, shu haqda aytilishi.
Maqolani yuborish orqali muallif quyidagilarni tasdiqlaydi:
maqola muallifning o‘z asari bo‘lib, uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmaydi;
maqola ilgari nashr etilmagan va ayni paytda boshqa nashrda ko‘rib chiqilmayapti;
maqolada ko‘rsatilgan barcha mualliflar uning mazmuni bilan tanish va nashr etilishiga rozi;
boshqa manbalardan olingan matn, rasm va jadvallardan foydalanishga ruxsat olingan hamda manba ko‘rsatilgan.
Muallifning asar muallifi sifatida tan olinish huquqi o‘zida qoladi. Jurnal maqolani birinchi bo‘lib nashr etish huquqiga ega bo‘ladi.
Mualliflar nashr etilgan maqolani o‘z veb-sahifasida, institutsional repozitoriyda yoki ijtimoiy tarmoqlarda — jurnaldagi asl nashrga havola bergan holda — erkin joylashtirishlari mumkin.